Ilova · O'quvchilar uchun

O'quvchi darsini cho'ntagida ko'rib yuradi

Jadval qayerda yozilganini so'rash, baho qanchaligini administratordan bilish va to'lov muddatini unutish — bularning hammasi tugaydi. O'quvchi ilovani ochadi va hammasini o'zi ko'radi.

Litsenziyaga bepul kiradi

Imkoniyatlar

O'quvchi ilovadan nima qila oladi

Dars jadvali

Keyingi dars qachon, qaysi xonada va qaysi o'qituvchi bilan. Jadval o'zgarsa — bildirishnoma keladi.

Baholar va progress

Har bir dars bo'yicha baho, kurs bo'yicha umumiy foiz. O'quvchi o'sishini raqamda ko'radi.

Davomat tarixi

Qaysi darsga kelgan, qaysisini qoldirgan. Sababli qoldirish alohida belgilanadi.

Uy vazifasi

Vazifa matni, muddati va topshirish. O'qituvchi izohini shu yerda o'qiydi.

To'lov tarixi

Qachon, qancha to'langan va keyingi to'lov muddati. Onlayn to'lash ham shu yerdan.

Bildirishnomalar

Dars bekor bo'ldi, baho qo'yildi, to'lov muddati yaqinlashdi — telefonga xabar boradi.

Nega bu muhim

Administratorga qo'ng'iroqlar kamayadi

Ilova narxi

0 so'm

Litsenziyaga kiradi. O'quvchilar soni cheklanmagan.

Tipik savollarning

70%

«Dars qachon?», «Bahom necha?», «Qarzim bormi?» — o'zi javob topadi.

Ota-ona ishonchi

yuqori

Ochiq ma'lumot markazga bo'lgan ishonchni oshiradi.

Ishga tushirish

1 kun

O'quvchilar bazasi allaqachon tizimda — faqat taklif yuboriladi.

Demo

O'quvchilar ilovasini bepul oling

So'rov qoldiring — umumiy demo hisobda ilovani boshidan oxirigacha ko'rsatamiz va markazingizda qanday ishlashini tushuntiramiz.

TelegramDemo olish