Davomat real vaqtda
O'qituvchi davomatni belgilashi bilan ota-onaga xabar boradi. Kechikish ham ko'rinadi.
Ilova · Ota-onalar uchun
«Bolam darsga bordimi?» degan savol uchun endi markazga qo'ng'iroq qilish shart emas. Ota-ona ilovani ochadi — davomat, baho va to'lov holati oldida turadi.
Litsenziyaga bepul kiradi
Imkoniyatlar
O'qituvchi davomatni belgilashi bilan ota-onaga xabar boradi. Kechikish ham ko'rinadi.
Farzand kurs bo'yicha qayerda turibdi — foizda va bosqichda ko'rsatiladi.
Keyingi to'lov muddati, to'langan summa va qarz. Onlayn to'lash mumkin.
Administrator bilan yozishma bitta joyda. Telegramda yo'qolib ketmaydi.
To'lov muddati, ota-onalar yig'ilishi, dars jadvalidagi o'zgarish — hammasi bildirishnomada.
Bitta akkauntda oiladagi barcha farzandlar. Har biriga alohida kartochka.
Nega bu muhim
Ilova narxi
0 so'm
Litsenziyaga kiradi. Foydalanuvchilar soni cheklanmagan.
Ota-ona qo'ng'iroqlari
2× kam
Ko'p savollar ilovada javobini topadi.
Qarzdorlik yig'ilishi
tezroq
Eslatma avtomatik boradi — administrator qo'ng'iroq qilmaydi.
Kursni tashlab ketish
kamayadi
Progressni ko'rgan ota-ona to'lovni davom ettiradi.
Demo
Demo uchrashuvda ilovani umumiy demo hisobdagi namunaviy guruhda ko'rsatamiz va savollaringizga o'sha yerda javob beramiz.